O`qituvchi haqida

SATTOROV BOBONAZAR NUFTILLAYEVICH

SATTOROV BOBONAZAR NUFTILLAYEVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

Sattorov Bobonazar Nuftillaevich 1969 yil 15-oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq qishlog’ida tug‘ilgan. 1987-1993 yillarda Qarshi muhandislik iqtisodiyot istitutini “Qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakultetini tugatgan, mutaxasisligi injener-mexanik. 1996-2000 yillarda Qarshi Davlat universitetining sirtqi bo‘lim asperanturasini tugantgan. 2002 yilda “Barabanli quritgichda paxtani quritishda kombinatsiyalashtirilgan yoqilg‘i-quyosh issiqlik manbaini ishlab chiqish va tadqiq qilish” mavzusida 05.14.04- “Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo’yicha dissertatsiyasini himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajagasi berilgan. 2012 yil dotsentlik ilmiy unvonini olgan. 2022 yildan Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti “Issiqlik energetikasi” kafedrasi professor vazifasi bajarib kelmoqda. Bobonazar Sattorov 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo’yicha “Kombinatsiyalashtirilgan issiqlik akkumulyatorli gelio quritgich-suv isitgich qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi fan doktori (DSc) dissertatsiya ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy-uslubiy ishlari 3 ta monografiya, 5 ta darslik, 12 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 80 dan ziyod ilmiy maqolalari xalqoro va respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida chop ettirilgan. Ish faoliyati 1993-1994 yillar Anis firmasi mexangi, 1994-2005-yillar Muborak gazni qayta ishlash zavodiga chilangari, 1995-2004-yillar Muborak gazni qayta ishlash zavodining 9-sex boshlig‘i o‘rinbosari, 2004-2020 yillar Kasbi tumani “Maymanoq” sanoat kasb-hunar kollejiga direktori, 2020 yildan hozirgi vaqtda Kasbi tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktor va o‘rindoshlik asosida 2004-2015-yillarda Qarshi davlat universiteti dotsenti, 2017-2022 yillarda Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti “issiqlik energetikasi” kafedrasi dotsenti va 2022 yildan hozirgi vaqtda professor vazifasini bajarib kelmoqda. 2017 yil mart oyida Yaponiya davlatiga xizmat safariga borib, malaka oshirgan. Oxirgi marta 2023 yil yanvar oyida Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hinar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida malaka oshirgan. 2011 yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni, 2015 yil “O‘zbekiston Respublikasi o‘ra maxsus kasb-hunar ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni, 2016 yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni, 2017 yil “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga 25 yil” ko‘krak nishoni, 2021 yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” ko‘krak nishoni, 2023 yil “Ilm-fan iftixori” ko’krak nishonlari bilan mukofotlangan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Maqolalar

Nomi