O`qituvchi haqida

BUNYOD XOLIYOROV

BUNYOD XOLIYOROV

( - )

1985 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug’ilgan. 2006 yili O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining filologiya fakultetini bakalavr yo’nalishini, 2008 yilda mazkur Universitetning magistratura mutaxassisligini tugatgan. 2008 yildan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining Tillarni o’qitish kafedrasida o’qituvchi lavozimiga, 2011 yildan kafedraning katta o’qituvchisi, 2018 yildan “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2021 yil 24-sentabrida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan. Xoliyorov Bunyod Husanovich faoliyati davomida Evropa ittifoqining bir nechta loyihalarida faol ishtirok etgan. Jumladan, 2015 yil TEMPUS dasturining MATcHES loyihasi bo’yicha Ispaniyaning Las Palmas de Gran Canaria Universitetida loyiha ishtirokchisi sifatida, 2018 yilda ERASMUS+ dasturining ICM loyihasi bo’yicha Gretsiyaning TEI of Crete Universitetida loyiha ijrochi menejeri sifatida qisqa muddatli ximat safarlarida bo’lib qaytgan. Bundan tashqari 2018-2019 yillarda Hindiston Texnik –Iqtisodiy Hamkorlik dasturi doirasida, Hindiston tashqi ishlar vazirligi moliyaviy xomiyligida tashkil etilgan Hindistonning Noida shahrida joylashgan Tadbirkorlik va kichik biznes taraqqiyoti Milliy institutida “Tadbirkorlik va foyda keltiruvchi faoliyatlarni takomillashtirish” nomli kursda ishtirok etib muvaffaqiyatli tamomlagan. Shuningdek, Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda O’zDJTU huzuridagi RIAMM hamkorligida tashkil etilgan “EfA” hamda “ENSPIRE-U” loyihalarida faol ishtirok etib maxsus maqsadlarda ingliz tili o’qitishda namunaviy fan dasturlarini isloh qilishda o’z hissasini qo’shgan. Qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan yo’nalishlarda ingliz tilidan fan dasturlarini shakllantirish guruhi rahbari. O’ndan ortiq uslubiy qo’llanma va ko’satmalar muallifi. Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar bo’yicha bir necha qo’llanmalar, jumladan, “Iqtidorli talabalar uchun qo’llanma” vа “Ingliz tili darslarida pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish”, “English for cadastre” kabi uslubiy ishlari amaliy ingliz tili darslarida keng foydalanilmoqda. 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 20ga yaqin texnikaga oid maqolalar hamda texnika sohasidagi dissertasiya ishlarining avtoreferatlarini o’zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan. 2023-yil 5-yanvar oyidan boshlab Amerika elchixonasi qoshidagi Xalqaro ta'limning Amerika kengashi tomonidan e'lon qilingan FEP-Faculty enrichment program(O'qituvchilarni rivojlantirish) dasturi doirasida 4 oylik stajirovka grantini yutib, Amerikaning Kansas Universitetida stajirovka kursini o'tamoqda

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Fan Dastur
Nomi Turi