O`qituvchi haqida

ALIKULOV AZAMAT TUYGUNOVICH
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
2009 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Moliya” yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr, 2011 yilda Toshkent moliya institutini “Xalqaro moliya” bо‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2021 yildan buyon iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori. 2023 yil dotsent ilmiy unvoni olgan. Dissertatsiyasini 2021 yil 23 aprelda Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan “О‘zbekistonda fond bozori orqali kapital oqimini oshirish” mavzusida 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bо‘yicha himoya qilgan. Umumiy ish staji-11 yil, ilmiy va pedagogik ish staji-11 yil, shu jumladan. 2012-2015 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti; 2015-2021 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta о‘qituvchisi; 2021 y.-h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri. 40 dan ortiq ilmiy o'quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan, shulardan, 30 ta ilmiy maqola, 10 ta о‘quv-uslubiy ishlardir. Asosiy ishlari: Dissertatsiya himoyasidan keyin jami 19 ta ilmiy-uslubiy ishlari nashrdan chiqarilgan. Shundan Respublikada OAK e’tirof etgan mahalliy jurnallarda 1 ta maqola, boshqa mahalliy jurnallarda 1 ta maqola, xalqaro yuqori impakt faktorli jurnallarda 5 ta, Respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarida 2 ta maqola va 1 ta monografiya chop etilgan. О‘quv-uslubiy ishlari jami 9 ta, 1 ta uslubiy qо‘llanma, 2 ta uslubiy kо‘rsatma, 4 ta dasur chop etilgan, 2 ta elektron modul dasturi yaratgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Pul va banklar | Fan bo`yicha darslik |
Pul va banklar | Qo'shimcha ma'lumotlar |
Pul va banklar sillabus | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
Nomi | Turi |
---|---|
Xalqaro valyuta kredit munosabatlari | Fan bo`yicha darslik |