O`qituvchi haqida

SAMADOV AZIZ XASANOVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
Samadov Aziz Xasanovich 1986 yil Qarshi shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, mutaxassisligi Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish. 2011 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini “Neft va gaz ishi” bakalavr ta`lim yo`nalishini, 2014 yilda “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” magistratura ta`lim yo`nalishini tamomlagan. Rus va ingliz tilini biladi. 2014 yil O`zgeoburg`uneftgaz” AK ga qarashli “Qashqadaryo neft gaz qurilish va ta`mirlash AJ da jamiyat kotibi, 2015 yilda avtotransport uchastkasida dispetcher yordamchisi, 2016 yilda kadrlar bo`limi inspektori, 2016 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti, 10.09.2022 yildan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Shu yillar davomida 3 ta o`quv qo`llanma, 2 ta ma`ruza matnlari to`plami, 5 ta uslubiy ko`rsatma, 7 ta uslubiy qo`llanma, 8 ta o`quv uslubiy majmua, 10 ta elektron modulli majmualar, 3 ta kurs ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanma va 1 ta avtorlik guvohnomasi muallifi
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni