O`qituvchi haqida

RAXIMOV ANVAR NORIMOVICH

RAXIMOV ANVAR NORIMOVICH

( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )

1. Raximov Anvar Norimovich, 1984 yil 25 yanvarda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2. 2006 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2008 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Tarmoqlar iqtisodiyoti (qishloq xo‘jaligi)” bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 3. 2020 yildan buyon iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Dissertatsiyasini 2020 yil 25 iyunda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan “Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusida 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. 4. Umumiy ish staji-14 yil, ilmiy va pedagogik ish staji-14 yil, shu jumladan. 2008-2011 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi 2011-2013 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Menejment” kafedrasi assistenti 2013-2015 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi 2015-2020 yy.- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi 2020-2021 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi dotsenti 2021 y.-h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi mudiri 5. A.N.Raximov 2021-2022 o‘quv yilida 70310102-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligida “Ekonometrika-2” fanidan 42 soat ma’ruza, 48 soat amaliy mashg‘ulot, 5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” va 5230200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavr (kunduzgi va sirtqi ta’lim) ta’lim yo‘nalishlarida “Ekonometrika asoslari” fanidan 32 soat ma’ruza, 16 soat laboratoriya mashg‘ulotlari, 5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” 2-kurs bakalavr (kunduzgi va sirtqi ta’lim) ta’lim yo‘nalishlarida “Ekonometrikaga kirish” fanidan 34 soat ma’ruza mashg‘ulotlari, 5230600-“Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, 5230700-“Bank ishi va auditi”, 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida “Ekonometrika” fanidan 32 soat ma’ruza, 16 soat laboratoriya mashg‘ulotlarini, shuningdek, 5330200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” va 5111000 “Kasb ta’lim (Iqtisodiyot)” bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida “Iqtisodiy matematik usullar va modellar” fanidan jami 84 soat ma’ruza, 52 soat laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Fan DasturIshchi DasturMajmuaKalendar Reja
Nomi Turi
Ekonometrika asoslari Fan bo`yicha o`quv qo`llanma
Ekonometrika asoslari Fan bo`yicha o`quv qo`llanma