O`qituvchi haqida

QARSHIYEV ALISHER ESHMAMATOVICH
( Darajasiz - Unvonsiz )
Qarshiyev Alisher Eshmamatovich 3 iyun 1978 yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ijtimoiy kelib chiqishi ziyoli. Ma’lumoti oliy. 2007 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Agronomiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2009 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining “Umumiy dehqonchilik” mutahassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Qarshiyev A.E. 2010-2011 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida o‘quv-uslubiy bo‘limi laboratoriya mudiri, 2011-2012 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi, 2012-2015 yy.- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti, 2015-2017 yy.- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2017-2018 yy. -Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” bosh mutaxassisi, 2018-2019 yy. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “O‘quv uslubiy boshqarma” boshlig‘i o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Hozirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Sanoat texnologiyasi fakultetining “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
"Dehqonchilik va melioratsiya" O'quv qo'llanma | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Fan dasturi | Qo'shimcha ma'lumotlar |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Fan sillobusi | Qo'shimcha ma'lumotlar |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Kalendar rejasi | Qo'shimcha ma'lumotlar |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Uslubiy ko'rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Uslubiy ko'rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
"Dehqonchilik va melioratsiya" Uslubiy ko'rsatma | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |