O`qituvchi haqida

RAZZAKOV TURA XXX
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Razzaqov Tura 1954-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Langar ota qishlog’ida tug’ilgan. Oilali, 4 ta farzandi bor. 1977-yilda Andijon paxtachilik institutining “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” yo’nalishini tugatgan. 1982-yildan 1985-yilgacha Belorussiya qishloq xo’jaligi akademiyasida 05.20. 01 – Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo’ycha aspiranturaida o’qigan. 1988-yilda “ Дозирование слоя вороха клевера в конвейерные сушилки и обоснование параметров загрузчика” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1970-yildan 1972-yilgacha Каршистрой” qurilish boshqarmasida ishchi, 1977-yildan 1980-yilgacha Qashqadaryo viloyati qorako’lchilik sovxozlar trestida muxandis, 1980-yildan 1982-yilgacha Qashqadaryo viloyati kasaba qo’mitasida mehnat muhofazasi bo’yicha texnik nazoratchi, 1985-yildan 1990-yilgacha Belorussiya qishloq xo’jaligi akademiyasida katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 1990-yildan hozirgi kungacha Qarshi muxandislik – iqtisodiyot institute “Qishloq xo;jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis” kafedrasida dotsent vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni