O`qituvchi haqida

TURSUNOV KAXOR SHONAZAROVICH

TURSUNOV KAXOR SHONAZAROVICH

( Fan doktori, DSc - Professor )

Pedagogika fanlari doktori, professor Qahor Shonazarovich Tursunov Qarshi muhandislik –iqtisodiyot institutining “Umumiy fizika” kafedrasiga 2010 yildan 2017 yilgacha kafedrani mudiri lavozimida ishlab ilmiy tadqiqot ishlarni yanada salmoqli bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Har o‘quv yilida shartnoma asosida 30 million so’m mablag‘ institut hisobiga tushirib kelmoqda. Shuningdek, Vazirlik tizimida 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya dasturlari doirasidagi BAMV–FZ–004 “Xalkopirit yarim o‘tkazgichlarining asosiy issiqlik – fizikaviy, strukturaviy va konstruktiv parametrlarini optimallashtirishning fundamental qonuniyatlarini aniqlash va ularning matematik modellarini yaratish” mavzusidagi loyiha bo‘yicha 250 million so‘mlik shartnoma doirasida katta ilmiy xodim sifatida ilmiy – tadqiqot ishlarni olib bordi. Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy Kengash raisi o‘rinbosari, Qarshi davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi seminar a’zosi, Qarshi davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi a’zosi va Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli ilmiy Kengash a’zosidir. Uning muallifligida 2 ta monografiya (“Tabiiy–ilmiy fanlarni o‘qitishda modellashtirish”.– Toshkent, «DAVR PRESS» NMU, 2018.–185 bet, “Теоретические основы и реализация фреймового подхода в обучении физики”.–Ташкент, “Voris–nashriyoti”, 2020.–162 стр. 7 ta o‘quv qo‘llanma (“Fizika o‘qitishning nazariy asoslari”.–Toshkent, O‘zbekiston, 2008., “Fizika ta’limi texnologiyasi”.–Qarshi, Nasaf, 2012., “Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari”.– Toshkent, Tafakkur qanoti, 2017., “Geodezik astronomiya”.– Toshkent, «DAVR PRESS» NMU, 2019., “Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami”.– Toshkent, Voris–nashriyoti, 2020., “Molekulyar fizika va termodinamika asoslari”.– Toshkent, “Voris–nashriyoti”, 2020., “Fizika. Masala va mashqlar to‘plami”.– Qarshi, “Intellekt” nashriyoti, 2022.). 3 ta darslik (Fizika. 7–sinf uchun darslik, O‘qituvchi nashriyoti, 2000., “Fizika o‘qitishning nazariy asoslari”.– Qarshi, “Intellekt” nashriyoti, 2022., “Geodezik astronomiya”.– Qarshi, “Intellekt” nashriyoti, 2022.), shuningdek, 39 dan ortiq o‘quv – uslubiy qo‘llanma, xorijiy hamda respublika miqiyosidagi nashrlarda 250 dan ortiq ilmiy, ilmiy–uslubiy maqolalari nashr etilgan. Q.Sh. Tursunovning bevosita Xalqaro va respublika ilmiy–nazariy konferensiyalarning faol qatnashchisi, ma’ruzachisi va tashkilotchisi sifatida ishtirok etib, uning rahbarligi va ma’sul muharrirligida respublika miqiyosida o‘tkazilgan bir nechta ilmiy–amaliy anjumanlarning to‘plamlari nashr etilgan.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni