O`qituvchi haqida

BO‘RIYEVA NILUFAR G‘OFUR QIZI
( Darajasiz - Unvonsiz )
Men Bo'riyeva Nilufar G'ofur qizi 1987 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug’ilganman. Qarshi shahridagi 19 o'rta maktabni tamomlab, 2002 -2005 yillarda Qarshi Pedagogika kollejining "Huquqshunoslik" boʻlimini bitirib, 2005-2009 yillarda Qarshi Davlat Universitetini Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili yoʻnalishini imtiyozli bitirib, 2009-2011 yillarda esa Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetining Magistratura boʻlimini ham tamomlab, oʻsha yilning oʻzidayoq Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutiga Tillarni o’qitish kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ish faoliyatim davomida PQ ga va muvofiq bir qancha harbiy oʻquv yurtlari talabalariga va Soliq idoralari xodimlariga, chet tili fanidan mashgʻulotlar olib bordim . 2014 yilda ERASMUS+ Staff Mobility for Training and Teaching Mobility within the Framework of KA107 International Credit Mobility Pragramme dasturida ham bir oz muddat faoliyat yuritdim. 2022 yilda ilmiy daraja PhD boʻyicha Samarqand davlat chet tillar instituti professori Mirsanov Gʻaybulla Qulmurodovichdan 10.00.06 yoʻnalishi boʻyicha "Ingliz va oʻzbek lingvo madaniyatida millat va shaxs konseptlarining verballashuvi " nomli ilmiy mavzuimni OAK ning 2 son byulletenida eʼlon qilib tasdiqlatdim. Ilmiy mavzuim boʻyicha bir qancha maqolarimni chet el va yurtimizning nufuzli jurnallarida nashr qildirtirdim 2011 yildan buyon toki hozirgacha 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifiman.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni