O`qituvchi haqida

ESHMIRZAYEVA MATLUBA ABDISHUKUROVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
MATLUBA ABDISHUKUROVNA ESHMIRZAYEVA Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori,dosent Matluba Abdishukurovna Eshmirzayeva 1973 yil 27 fevralda Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1997 yil Toshkent davlat universitetin fizika fakultetini tomomlagan. 2019 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 2022 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Mehnat faoliyati davomida ilk bor Qarshi Davlat Universitetida kafedra o‘qituvchisi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida katta o‘qituvchi, dotsent, lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bitta darslik, bitta monagrafiya, ikkita o‘quv qo’llanma, o‘ndan ortiq o‘quv-uslubiy qo’l-lanmalar va 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-metodik maqolalar muallifi. Ilmiy maqolalari Amerika, Hindiston, Ger-maniya, Rossiya, Ispaniya, Ukraina, Indo-neziya, Qozog‘iston, Qoraqalpog’iston va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarning va Respublikamizning nufuzli jurnallarida chop etilgan. Matluba Abdishukurovna ko‘p yillik pedagogik faoliyati hamda, jamiyat hayotidagi faolligi va tashabbuskorligi bilan institut xotin qizlar jamoasida ajralib turadi, sport bo’yicha shaxmat turiga qiziqishi baland, bir necha bor Ayollar o’rtasida o’tkazilgan spot musobaqalarida 1 o’rinni egallab, I darajali diplom bilan taqdirlangan. M.A.Eshmirzayeva jamiyatda ayollar faooligini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyati Xalq Demokratik Partiyasi viloyat boshqarmasi huzurida tashkil etilgan «Ayollar qanoti” harakatining rahbari bo’lib faoliyat qilgan.Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati Xalq Demokratik Partiyasi Qarshi shahar bolimi Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida boshlang’ich partiya rahbari. Matluba opa izlanuvchan, talabchan va ma’suliyatli olima bo‘lish bilan birga uch nafar farzandning onasi va uch nafar nabiraning sevimli buvijoni.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI USLUBIY KO`RSATMASI | Fan bo`yicha uslubiy ko`rsatma |
Fizikadan amaliy mashg‘ulotlardan metodik ko‘rsatmalar. | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Fizika fanidan mantiqiy va sifatiy topshiriqlar | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |