O`qituvchi haqida

IRNAZAROVA NILUFAR ISMATULLAYEVNA
( Fan nomzodi, PhD - Unvonsiz )
Irnazarova Nilufar Ismatullayevna 1968 yil 5 iyunda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Qarshi shahridagi 29-o‘rta umumiy ta'lim maktabda o‘qib, 1985 yilda maktabni kumush medalь bilan tugatdi. 1985 yilda Qarshi Davlat Pedagogika instituti (hozirda QDU)ning geografiya-biologiya o‘qituvchisi ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. O‘qishni 1990 yilda tugatdi. Bir qancha vaqt Qarshi shahridagi 24-maktabda geografiya o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 1991-1993 yillarda Qashqadaryo viloyati mintaqaviy agrokimyo laboratoriyasida katta mutaxassis vazifasida ishladi. 1995 yilda Xalq amaliy san'ati maktabida dastlab geografiya o‘qituvchisi, keyinchalik direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. 1996 yilda 06.01.01-Umumiy dehqonchilik ixtisosligi bo‘yicha kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirib, 1998 yilda tugatdi. 1999 yilda shu institutning “Atrof-muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasiga assistent bo‘lib ishga kirdi. N.Irnazarova aspiranturada o‘qish davomida “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy va uning ang‘izida yetishtirilgan tariqning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga azotli o‘g‘it me'yorlarining ta'siri” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ushbu tajribalari asosida yakunlagan nomzodlik dissertatsiya ishini 2002 yil 19 aprelda himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. Nilufar Ismatullayevna dissertatsiya natijalari bo‘yicha OAK ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy manbalarda 100 dan ziyod ilmiy maqola va shu mavzuga doir monografiyalar va tavsiyanomalar chop ettirishga erishgan. Bundan tashqari u xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 60 dan ortiq ma'ruza qilib, ma'ruzalari konferentsiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. U o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 40 dan ziyod o‘quv-uslubiy ishlar muallifi sanaladi. “Ekologiya”, “Valeologiya”, “Tabiatshunoslik kontseptsiyasi” va “Biotexnologiya”, “Geologiya va geomorfologiya”, “Er monitoringi”, “Turizm kadastri” fanlari bo‘yicha hozirgacha amaliy, laboratoriya va ma'ruza mashg‘ulotlari darslarini mahorat bilan o‘tish bilan birga ushbu fanlardan uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, o‘quv-uslubiy majmualar yaratib, o‘quv jarayonida uslubiy adabiyotlar yaratishga ham o‘z hissasini qo‘shib bormoqda. Hozirda N.I.Irnazarova oilali, 2 nafar farzandning onasi, 3 nafar nabiralarning mehribon buvijoni. Irnazarova Nilufar Ismatullayevna ilmiy va jamoat ishlaridagi faolligi uchun institut ma'muriyati tomonidan bir necha marta mukofotlangan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
IQTISO D IY VA IJTIM OIY G EO G RA FIY A ASOSLARI | Fan bo`yicha darslik |
Nomi | Turi |
---|