O`qituvchi haqida

BEGIMOV O’DIL TUXTAMISHOVICH
( Fan doktori, DSc - Dotsent )
Begimov Odil To’xtamishovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. E-mail: begimovodil6161@gmail.uz Bеgimov Odil To’xtamishovich 1980-1985 yillarda O’zbеkiston Milliy univеrsitеtining sharqshunoslik fakultеtida tahsil olgan. 1985-yildan 1989-yilgacha Muborak shahar 1-son umumiy o’rta maktabda o’qituvchi, 1989-yil noyabr oyidan boshlab, Qarshi davlat universitetida o’zbek tilshunosligi kafedrasida o’qituvchi, 1995-yildan katta o’qituvchi, 2001-sentyabrdan dotsent v.b. lavozimlarida ishlagan. 2001-yil 1-dekabridan tanlov asosida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute “O’zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri lavozimiga saylangan. U bu lavozimda 2005-yil aprel oyigacha faoliyat ko’rsatdi. 2005-yil apreldan boshlab mazkur institutning “Tillar” kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 2012-yil iyun oyida tanlov asosida “Tillarni o’qitish” kafеdrasi mudiri lavozimiga saylangan. 2015-yil 2-sentabrdan “O’zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, 2020-yil sentabrdan boshlab, “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 1999-yilda “Janubiy O’zbеkiston toponimlarining o’zlashgan qatlami” mavzusida nomzodlik dissеrtatsiyasini himoya qilgan va filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. U 2008-yilda dotsеntlik unvonini olgan. 2021-yilda “Janubiy O’zbеkiston oronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissеrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. O’zining ilmiy-pеdagogik faoliyati davomida yuzga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar, ikkita monografiya nashr qildirgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
O'zbek tilining sohada qo'llanishi | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |