O`qituvchi haqida

AVLAKULOV MEYLI XXX
( Fan doktori, DSc - Professor )
Аvlakulov Meyli 1953-yilning 17-sentyabrida Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʼ tumanida tugʼilganman. Millatim oʼzbek. 1976 yilda Toshkent irrigatsiya va kishlok xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini (TIQXMMI) tugatib, Karshi filialining «Kishlok xoʼjaligi melioratsiyasi» kafedrasi assistenti sifatida ishga keldim. 1979-1884 yillarda men SoyuzNIXI (Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti) Melioratsiya boʼlimida ilmiy xodim lavozimida ishlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya kilgach, yana TIQXMMI Karshi filialida ishni davom ettirdim. 1984 yilda Toshkent shahrida Oʼzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida “Jizzax choʼlining kuchli shoʼrlangan, gipsli tuproqlari sharoitida shoʼr yuvish samarasini oshirish usullari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim. 1985-1987 yillarda Gidromelioratsiya fakulьteti dekani,1987-1993 yillarda esa «Kishlok xoʼjaligi melioratsiyasi» kafedrasi dotsenti boʼlib ishladim. 1993 yilning iyul oyidan boshlab to 2007 yilning sentyabriga qadar kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʼrsatib keldim. Men kafedra mudirligi bilan birgalikda 1998-2002 yillarda institut koshida tashkil etilgan «Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayerlash» markazi boshligʼi sifatida ham faoliyat olib bordim. 2007-2015 yillarda kafedra dotsenti lavozimida ishlab keldim. 2019 yil 31 avgustida menga “Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik” ixtisosligi boʼyicha professor ilmiy unvoni berildi va shundan buyon institutning “Konchilik ishi va geodeziya” kaferasida professor lavozimida ishlab kelmoqdaman. Talabalarga Qishloq xoʼjaligi gidrotexnika melioratsiyasi, Injenerlik geodeziyasi fanlaridan maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʼulotlarini yukori saviyada oʼtib kelmokdaman. Аvlakulov Meyli pedagogik faoliyatini ilmiy-tadkikot ishlari bilan bogʼlagan holda olib bormokda. 2017 yilning yanvaridan boshlab “Qishloq xoʼjaligi ekinlarini egatlab sugʼorishda tuproq-grunt namlanishi jarayonlari dinamikasi qonuniyatlari” mavzusidagi 2017-2020 yillarga moʼljallangan fundamental loyihaga rahbarlik qildim va rejalashtirilgan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib keldim. Mening bevosita rahbarligi ostida institut xududida agrolizimetrik majmua barpo etildi va unda ekinlar sugʼorish rejimi va ularning suv isteʼmoli oʼrganilmoqda. Аvlakulov Meylining melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik sohasida 210 ta ilmiy va oʼquv – uslubiy ishlar chop qilgan. Shu jumladan, 1 ta oʼquv qoʼllanma, 1 ta darslik, ixtisoslik boʼyicha 34 ta uslubiy qoʼllanma, 1 ta monografiya, 5 ta risola va tavsiya, 5 ta ratsionalizatorlik takliflari muallifidir, 154 ta ilmiy maqola, 12 ta maqola OАK eʼtirof etgan ilmiy jurnallarda,13 ta xorijiy jurnallarda, xalqaro ilmiy – amaliy anjumanlarda 14 ta maqola, institut ilmiy jurnalida 13 ta maqola chop etilgan. Uslubiy ishlari jami 56 ta.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
Ingenerlik geodeziyasi EO'UM | Fan bo`yicha uslubiy qo`llanma |
Nomi | Turi |
---|---|
DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA | Fan bo`yicha darslik |
Dehqonchilik va melioratsiya | Fan bo`yicha darslik |