O`qituvchi haqida

ALIKULOV MUYSIN NORTOSHEVICH
( - )
Aliqulov Muysin Nortoshevich-1972 yil 10 yanvarda Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida tug‘ilgan. 1979-1989 yillarda Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 1989 yil O‘zbekiston milliy universitetining (oldingan Toshkent davlat universiteti) fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1994 yil mazkur universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan.1994-1995 yillar davomida O‘zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim, 1995-1998 yillarda aspirant, 1998-1999 yillarda kichik ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1999 yilda “Platina qorishmali kremniyning elektrofizik xususiyatlariga termoishlov va nurlanishning ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1999-2002 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2002-2010 yillada “Kasb ta’limi” fakulteti dekani muovini, 2010-2011 yillarda o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, 2011-2020 yillarda “Muhandis-texnika” fakulteti dekani, 2020-2021 yillarda Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, 2021-2022 yillarda “Fizika va elektronika” kafedrasi mudiri, 2022 yildan ayni kungacha “Elektronika vaavtomatika” fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Uning muallifligida 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya va 8 ta uslubiy ishlar chop etilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni