O`qituvchi haqida

MAMADIYOROV OBID TURSUNOVICH

MAMADIYOROV OBID TURSUNOVICH

( Darajasiz - Unvonsiz )

Men Mamadiyorov Obid Tursunovich 1985 yil 26 mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Kojor qishloq fuqorolar yig’ini Bog’ot qishlog’ida tug’ildim. Millatim o’zbek, ma’lumotim oliy. 1992 yil Qarshi tumanidagi Amir Jo’rayev nomli 18-maktabni 1-sinfiga o’qishga qabul qilindim. 1998 yilga maktabni 6-sinfini tamomlab, Qarshi shahridagi 1-litseyning “Aniq fanlar” yo’nalishiga sinov asosida 7-sinfiga o’qishga qabul qilindim. 2001 yilga litseyning 9- sinfini tamomladim. 2001 yili Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyining “Aniq fanlar” yo’nalishiga, sinov asosida I- kursiga o’qishga qabul qilindim. 2004 yil litseyni tamomlab “EHM operatori” diplomini oldim. 2005 yilda Toshkent avtomobil yo’llari institutining “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” (TVIT) yo’nalishi Avtotransport fakultetining I-kursiga o’qishga qabul qilindim. 2009 yilda institutni tamomlab, bakalavr darajasini oldim. 2009 yil Toshkent avtomobil yo’llari institutining “Avtotraktor dvigatellari va ekalogiya” kafedrasining magistranti bo’ldim. 2011 yilda magistraturani tamomladim va “Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish” mutahassisligini oldim. 2011 yil 1-sentyaberdan boshlab Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Texnika fanlarini o’qitish metodikasi” assistenti lavozimida ishga qabul qilindim. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar