O`qituvchi haqida

SAFAROVA ZILOLA SAFAROVNA
( Fan nomzodi, PhD - Dotsent )
Safarova Zilola Safarovna 1974-yil 5-iyunda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida ziyoli oilada tug'ilgan. 2007-2014-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida assistent lavozimida, 2014-2020-yillarda kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2020-yilning mart oyidan buyon “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Z.S. Safarova o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston tarixi va madaniyati sohasiga oid 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan: 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 3 ta ma'ruzalar matni, 10 dan ortik o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar nashr ettirgan, xalqaro anjumanlarda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan, 2 ta grant (loyiha) ishtirokchisi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalari OAK e'tirof etgan jurnallarda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Germaniya, Rossiya, Filadelfiya (AQSh), Birlashgan Arab Amirliklari, Ukraina, Hindiston, Yevropaning bir qator davlatlari ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Raqamlarda
Kuzatuvchilar soni
Fanlar soni
Maqolalar soni
O`quv qo`llanmalar soni
Fanlar
Nomi | Turi |
---|---|
O'zbekistonning eng yangi tarixi | Fan bo`yicha darslik |
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mobil ilova | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Великие религиозные деятели Центральной Азии | Fan bo`yicha o`quv qo`llanma |
Культура Узбекистана в годы второй мировой войны | Qo'shimcha ma'lumotlar |