O`qituvchi haqida

UZAKOV GULOM NORBOYEVICH

UZAKOV GULOM NORBOYEVICH

( Fan doktori, DSc - Professor )

Uzakov Gulom Norboyevich 1966 yilda Qarshi tumanida tugilgan. Toshkent temir yо‘l muhandislari institutini tamomlagan. texnika fanlari doktori, professor. G.Uzakovning ilmiy izlanishlari natijalari bо‘yicha 10 ta monografiya, 7 ta darslik va 10 ta о‘quv qо‘llanma, respublika va nufuzli xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ilmiy ishlarining natijalari bо‘yicha 7 ta ilmiy ixtiro va 28 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar muallifidir. Oxirgi 5 yil ichida 7 ta ilmiy loyihasi Respublika davlat grantlari tanlovida g‘olib bо‘lgan va 2 ta ishlanmasi amaliyotga joriy qilingan. G.Uzakovning bevosita ilmiy rahbarligida institutda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida, bajarilishi 2022-yil 1-noyabrdan 2024-yil 30-oktabrgacha mо‘ljallangan umumiy qiymati 833,0 mln.sо‘m bо‘lgan IL-4821091659-“Hudud iqlimining meteorologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gibrid issiqlik ta’minoti tizimlarining ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi О‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasida xalqaro fundamental loyiha bajarilmoqda. G‘.Uzakov raisligida institutda 2020 yildan boshlab 05.05.06.-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.111.03 raqamli ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. G.Uzakovning bevosita ilmiy rahbarligida 5 nafar shogirdi doktorlik dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli himoya qilishgan. G.Uzakovning ilmiy-tadqiqot faoliyati bо‘yicha erishgan natijalari e’tirof etilib, 2020 yilda Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi a’zoligiga, 2023 yilda Turon fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan. G.Uzakov Respublikamizda chop qilinadigan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Informatika va energetika muammolari”, “Energiya va resurs tejash muammolari” ilmiy jurnallari tahririyat a’zosi, “Innovatsion texnologiyalar” ilmiy jurnali bosh muharrir о‘rinbosari, “Muqobil energetika” ilmiy-texnik jurnali bosh muharrir о‘rinbosari, «Энергетика. Известия высших учебных заведений и энергетических объединений СНГ» xalqaro ilmiy-texnik jurnali tahririyat a’zosidir.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar