O`qituvchi haqida

TAYLAKOVA DILAFRUZ BAYMAMATOVNA

TAYLAKOVA DILAFRUZ BAYMAMATOVNA

( Darajasiz - Unvonsiz )

Taylakova Dilafrо‘z Baymamatovna 1987 yil 16 iyunda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ishchi oilasida tug‘ildi. Taylakova Dilafrо‘z Baymamatovna 2005 yilda Qarshi shahridagi 23-о‘rta maktabni 11 sinfni yakunlab, 2006 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Kasb ta’limi” fakultetining Iqtisodiyot yо‘nalishiga о‘qishga kirdi va 2010 yilda mazkur institutning “Iqtisodchi” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Talabalik davridan ilk maqolalari “Yashash zavqi” va “Yosh iqtisodchi” nomli maqolalarni yozib gazetaga chop ettirgan. Yoshlar forumida ishtirok etib diplom bilan taqdirlangan. 2013 yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” fakultetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yо‘nalishiga magistraturaga о‘qishga kirdi. 2015 yili o’qishni tamomladi. Shu yili Iqtisodiyot kafedrasiga assistenti lavozimiga ishga kirdi. Hozirgi kunda “Qishloq xо‘jaligida xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Taylakova D.B. о‘z pedagogik faoliyati davomida 8 ta uslubiy qо‘llanma, 87 ta ilmiy maqolalar chop ettirdi. Dilafrо‘z Taylakova tomonidan yaratilgan о‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar kurs ishlarini, bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunga qadar D. B.Taylakova rahbarligida 5 dan ziyod bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Taylakova Dilafrо‘z Baymamatovna kafedra assistenti о‘zining ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, kafedrada pedagogik, metodik va ilmiy sohalarning muntazam rivojlanishi, jamoa a’zolarining pedagogik ilmiy mahoratini kuchaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlarni bajarib kelmoqda. Kafedrada moodle.uz, hemis.uz , portfel.qmii.uz platformasida mas’ulliyat bilan о‘z ishini mohirona bajarib kelmoqda. D.B.Taylakova Iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar kengashi raisining a’zosi sifatida fakultetda va institut miqyosida о‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, talabalar turar joyida talaba qizlar о‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ham muntazam о‘tkazib kelmoqda. U institut, fakultet va kafedraning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun institut ma’muriyaning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi va respublika bosqichida ishtirok etdi. D.B.Taylakova "Samarali interaktiv metodlar" kursini muvofiqiyatli tamomlab sertifikatni qo’lga kiritgan. 10 dan ziyod intraktiv metodlar yordamida darslarni qiziqarli va samarali olib boradi. U ustoz-murabbiy sifatida talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib bormoqda. D.B.Taylakova oilali, 2 nafar farzandining suyukli onasidir. Farzandlariga ta’lim va tarbiya berishdan aslo charchamaydi.

Raqamlarda

Kuzatuvchilar soni

Fanlar soni

Maqolalar soni

O`quv qo`llanmalar soni

Fanlar

Nomi Turi

Maqolalar

Nomi
Econometrical Assessment of Factors Affecting Diversification of Production in Farms Ensuring Food Security
Economic And Legal System Of Elections And Characteristics Of Electoral Legislation In Germany
ҚИШЛОҚ ЖОЙЛАРИДА ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Challenges and Solutions in Agricultural Services Development
The Importance of the Service Sector in Increasing the Living Standards of the Population
Conceptual Fundamentals of Diversification of Production in Farms to Ensure in Food Security and Poverty Reduction
CREATING A STRATEGICALLY-ORIENTED SYSTEMMANAGEMENT OF ENTREPRENEURAL STRUCTURESIN THE FIELD OF SERVICES
РОЛЬ УСЛУГ В РАЗВИТИИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
РАЗВИТИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СФЕРЕ ОБСЛУЖИВАНИЯ
РАЗВИТИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО МЕХАНИЗМА МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СФЕРЕ ОБСЛУЖИВАНИЯ
ЕКОНОМІЧНИЙ МЕХАНІЗМ ДЕРЖАВНОЇ ПІДТРИМКИ МАЛОГО БІЗНЕСУ ТА ПРИВАТНОГО ПІДПРИЄМНИЦТВА В УЗБЕКИСТАНІ
ВAЖНOСТЬ РAЗВИТИЯ СЕКТOРA УСЛУГ В СЕЛЬСКOЙ МЕСТНOСТИ
СУЩНОСТЬ СФЕРЫ УСЛУГ И ВАЖНОСТЬ ЕЕ РАЗВИТИЯ В СЕЛЬСКОЙ МЕСТНОСТИ.
ENSURING EMPLОYMENT THRОUGH THE DEVELОPMENT ОF SERVICES IN RURАL АREАS